]

Harakatlar strategiyasi
SHAVKAT MIROMONOVICH MIRZIYOYEV Strategiya – bu yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir.
Bu hujjat hozirgi vaqtda hayotga izchil joriy etilmoqda. 2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e'lon qilindi. Bizning maqsadimiz – yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti



ANTONIU GUTYERRISH
BMT bosh kotibi

Men Sizning qo'shni mamlakatlar bilan hamkorlikni faollashtirish bo'yicha sa'y-harakatlaringizni to'la qo'llab-quvvatlayman. BMT umumiy maqsadlarimiz, shu jumladan barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va preventiv diplomatiyani ilgari surish borasida Sizning hukumatingizga yordam berishga tayyor.



SUMA CHAKRABARTI
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti

Bu strategiya har tomonlama, chuqur o'ylangan va juda istiqbolli. Uning qabul qilinishidan avval keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilingani, mutaxassislarning fikrlari va takliflari hisobga olingani diqqatga sazovor. U “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan maqsadlar amalga oshirilishining yorqin namunasi hisoblanadi»


Yo`nalishlar

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari

Parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish.

Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari

Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlarni kompleks rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning
ustuvor yo`nalishlari

Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash hamda chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo`nalishlar

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash