“MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY VA XALQARO XAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASHDA OʻZBЕKISTONNING TUTGAN OʻRNI VA RO’LI” MAVZUIDAGI “DAVRA SUHBATI”
03.07.2018 | Ko`rilgan: 444

2018 yilning 2 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi tashabbusi bilan “Markaziy Osiyoda mintaqaviy va xalqaro xamkorlikni mustahkamlashda Oʻzbekistonning tutgan oʻrni va roli” mavzuisida “davra suhbati” boʻlib oʻtdi.

Tadbir 2018 yilning 18 iyun kuni qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasiga bagʻishlandi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari A.Abduvaxitov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari S.Otamuratov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Oʻzbekiston tashabbusi hamda Markaziy Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu hujjat BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan bir ovozda qoʻllab-quvvatlanganligi, rezolyutsiya Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan intilishlarini aks ettirganligi, uning mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim roli ishtirokchilar tomonidan eʼtirof etildi.

“Davra suhbati” davomida shuningdek, rezolyutsiyada qayd etilgan Markaziy Osiyodagi suv va energetika manbalaridan oqilona va kompleks foydalanish sohasidagi ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyati, Orol dengizi qurishining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga yoʻnaltirilgan mintaqa davlatlari hatti-harakatlarini qoʻllab-quvvatlanishi, mintaqada zamonaviy transport va tranzit tizimini tashkil etish, maʼrifat, fan, texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm, madaniyat, sanʼat va sport sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligi taʼkidlab oʻtildi.